Yangiliklar

Intilganga tole yor

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot kotibi Axmadali Xakimov Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti (Korea international university in Ferghana)ning “Turizm menejmenti” fakultetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Axmadali Xakimov o‘z ustida doimo ishlab borishi, o‘z vazifasiga chuqur yondashadigan, talabchan, mehnatsevarligi bilan jamoadoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Ayniqsa, O‘zinig tashabbuskorligi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligi, mehnatsevarligi sababli faoliyati davomida bir qator yutuqlarga erishdi. Federatsiya tomonidan amalga oshirilgan turli loyiha va tadbirlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishida o‘zinig munosib xissasini qo‘shdi.

Axmadali Xakimovning kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz.