Yangiliklar

ISTEʼMOLCHI FEDERATSIYA HIMOYASIDA

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga turli muammolar yuzasidan yurtdoshlarimiz murojaat qilishadi. 

Isteʼmolchi sifatida oʻz huquqini anglab, buzilgan huquqlarni tiklashga qilinayotgan harakatlarni oʻzi bugun mamlakatimizda qonun ustuvorligi taʼminlanayotganini, fuqarolar oʻz haq-huquqlari anglab yetayotganini koʻrsatadi. Aslida kichkina koʻringan muammomiz ham hayotimizga taʼsir etadi.

Murojaatchilar orasida Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yashovchi Feruz Azizov ham boʻlib, u Qoʻyliq bozoridan 4.260.000 soʻmga suv isitish qurilmasini harid qilganini biroq bu moslama sifatsiz chiqqanligidan noroziligini bildirgan. Federatsiya xodimlari holatni oʻrganib, isteʼmolchiga sifatsiz mahsulot uchun toʻlagan pul mablagʻini toʻliq qaytarib berdi.

Har qanday murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi, isteʼmolchilar doim Federatsiya himoyasida!