Yangiliklar

ISTEʼMOLCHI ISTAGI MUHIM…

Qoʻshkoʻpir shaharchasi “Taraqqiyot” mahallasi Xorazm koʻchasida yashovchi Oʻrazmetova Muxabbat 2019-yil 7-avgust kuni Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qildi.

Murojaatga asosan tumanda joylashgan “Nurmuhammad toʻyli” xususiy korxonasi ish boshqaruvchisi Roʻzmetov Shodlikka oʻz xonadoni uchun 7 000 000 (Yetti million) soʻm evaziga 3 ta MDF eshiklari buyurtma qilib, oldindan toʻlov tariqasida 3 500 000 (Uch million besh yuz ming) soʻm pul berib oʻzaro kelishib olgan.

Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, eshiklar tayyor boʻlib, isteʼmolchining xonadoniga oʻrnatish uchun olib borilganida eshiklar uy egasi buyurtma qilganidek emasligi maʼlum boʻladi. Xususiy tadbirkor Sh.Roʻzmetovdan pullarini qaytarib berishini soʻragan. Ammo mahsulot uchun toʻlagan pulini qaytarib ololmaganidan norozi boʻlib, bu masalada Federatsiyadan amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Isteʼmolchining murojaati qonun doirasida koʻrib chiqilish maqsadida “Nurmuhammad toʻyli” xususiy korxonasiga borib, oʻrganish oʻtkazildi va korxona ish boshqaruvchisi Sh.Roʻzmetovga “Istemolchilar hukuklarini himoya qilish qonuni”ning tegishli moddalari boʻyicha tushuntirildi. Tadbirkor tomonidan isteʼmolchiga tegishli bulgan 3 500 000 soʻm pul mablagʻi qaytarilishiga erishildi.