Yangiliklar

Isteʼmolchi talabi qondirildi

Pop tuman Sang qishlogʻi Orom MFYda yashovchi S.Axmadaliyeva tomonidan sotib olingan telefon apparati sifatsiz, ishlatish uchun yaroqsizligi toʻgʻrisida 14.08.2019-yilda Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisiga yozma shaklda murojaat etdi.

Ushbu murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan qonun doirasida oʻrganilib, Pop shahrida joylashgan “Samsung” hususiy doʻkoni egasi yakka tartibdagi tadbirkor bilan yuzma-yuz holda murojaat toʻgʻrisida qonun yuzasidan muloqot qilindi.

Isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etilib, moddiy va maʼnaviy zarari toʻliq qoplab berildi.