Yangiliklar

Lizing mashmashasi – Kobalt

Surxondaryolik F.Abdullayev O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ishonch telefoni orqali murojaat qilib, lizing korxonasiga mashina uchun pul to‘lagani, ammo bir yildan buyon mashinadan ham, puldan ham darak yo‘qligini bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro bir yil muqaddam “Umid avto lizing‘” MChJga yaxshi naiyatlar qilib Kobalt avtomabili uchun 39 mln. so‘m to‘lagan. Ammo mashina aytilgan muddatda kelmagan va bahonalar ko‘paygan. Hatto, lizing korxonasi xodimlari “xohlagan joyinga yoz, qo‘lingdan kelganini qil”, degan gaplarni ham aytgan.
Haq-huquqini talab qilib, tashkilotma-tashkilot yurib charchagan F.Abdullayev oxiri Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan. Arizani tegishliligi bo‘yicha federatsiya mutasadilari o‘rganib chiqdi hamda F.Abdullayevga puli “Umid avto lizing‘” MChJdan to‘liq qaytarib olib berilgan.
Bu haqda Federatsiya matbuot xizmati xabar qiladi.