Yangiliklar

Maishiy hisoblagichlarning davriy qiyoslovdan o‘tkazish muddatlari 4 yildan 8 yilga uzaytirildi

“O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya hamkorligida amalga oshirilgan o‘zgartirishga ko‘ra, maishiy hisoblagichlarning muddatlari 4 yildan 8 yilgacha uzaytirildi.
Iste’molchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan ushbu o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda aholi va tadbirkorlarimiz energiya manbalarini hisobga olish priborlarini qiyoslash bilan bog‘liq ishlarini Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilish orqali amalga oshiradilar.
Yangi tartibga asosan, iste’molchilar faqat ariza bilan murojaat qiladilar, barcha ishlar esa ta’minotchi korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.