Yangiliklar

NОSOZ AVTOMOBILLAR MUAMMOSI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining Andijon shahar mutasaddilari fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni belgilangan tartibda oʻrganib, ijobiy hal etib kelmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa shahar, Qoʻrgʻontepa tumani, Tinchlik koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Xaydarov jamiyatga bergan yozma arizasida Andijon shahar “Andijon Avtotexxizmat” MCHJ diller markazi tomonidan 2018-yilning 19-oktyabr kuni “Kobalt” (GS/16MTV) rusumli avtomobilini sotib olgan.

Maʼlum bir muddatdan soʻng, fuqaro avtomashinada yashirin defekt borligini sezib qoladi va yaroqlilik muddati tugamasdan turib dilerlik markaziga maʼlum qiladi. Fuqaro “Andijon Avtotexxizmat” MCHJ dilerlik markazi tomonidan oʻziga yuklatilgan majburiyat bajarilmaganidan hamda yetkazilgan ziyonni qoplashdan bosh tortib kelishayotganidan noroziligi sababli Federatsiyaga murojaat qiladi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining Andijon shahar mutaxassislari oʻrganish ishlari oʻtkazildi va natijada, fuqaroga “Andijon Avtotexxizmat” MCHJ tomonidan “Kobalt” (GS/16MTV) mashinasidagi barcha nuqsonlar va muammolar bartaraf etib, isteʼmolchiga amaliy yordam berilishiga erishildi.

Avvalroq, Buxoro shahri Mohi Xosa koʻchasi 22-uyda joylashgan “Sitora avto savdo” MCHJ avtosalonidan sotib olingan “Kobalt” avtomobilida ham nuqsonlar borligi aniqlangan va Federatsiya aralashuvidan soʻng isteʼmolchiga nuqsonli “Kobalt” yangisiga almashtirib berilgandi.

Toʻgʻri, Oʻrta Osiyoda avtomobil ishlab chiqarishda yetakchi ekanligimizdan xursand boʻlsak arziydi. Ammo shu bilan birga GM Oʻzbekiston ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifatiga ham eʼtiborliroq boʻlsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlardi.

Agarda xarid qilishda mashinangizni vaqtida ololmasangiz, yoki avtomobilda nuqsonlar aniqlansa, Oʻzbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “ishonch telefoni” 1091 yoki hududiy birlashmalariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.