Yangiliklar

Na avtomobildan darak bor, na puldan umid bor…

Insoniyat tarixiga nazar soladigan boʻlsak, eng buyuk ixtirolardan biri, shubxasiz, avtomobil yaratilishi bilan bogʻliq.

Uzoqni yaqinlashtiruvchi ushbu qurilma goxida ikki yaqin insonni bir-biridan uzoqlashtirib yuborishi ham mumkin. Qanday deysizmi? “Avtolizing” xaqida eshitmagan koʻrinasiz. Bugungi kunda isteʼmolchi va tadbirkor orasidagi muammo va mojarolarning aksariyat qismi aynan “avtolizing” tashkilotlarining “xurmacha xunarlari” sababli yuzaga kelmoqda. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushgan navbatdagi ariza mazmuni ham yuqoridagi mavzuga aloqador. Anchadan buyon avtomobil xarid qilish niyatida pul jamgʻarib yurgan Rustam Axrorov ham qayerdandir 30% boshlangʻich toʻlov evaziga 3 yil muddatga kredit asosida avtomashina beradigan MCHJ xaqida eshitib qoladi. 27-iyul kuni Buxoro shahri A.Somiy koʻchasi 36-uyda istiqomat qiluvchi qahramonimiz Buxoro shahar B.Naqshband koʻchasida joylashgan “Orient Avto Lizing” MCHJ ga tashrif buyurdi va “Spark” avtomashinasi xarid qilish maqsadida 29.810.000 soʻm boshlangʻich toʻlovni amalga oshirdi.

Shartnomada belgilangan muddat yetib keldi-yu, mashinadan esa darak yoʻq. MCHJ ga murojaat qilganida, biroz kutib turishini aytishdi. Kutib- kutib charchagan isteʼmolchi kunora MCHJ ga borib keladigan boʻldi. Kundan kunga xaridorning xunobi, tadbirkorning bahonalari oshib boraverdi. Qoniqarsiz javoblarni eshitaverishdan charchagan R.Axrorov najot istab Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yozma murojaat qildi. Soxa mutaxasislari tomonidan sinchkovlik bilan xolat oʻrganilgach, muammo isteʼmolchi foydasiga xal etildi. R.Axrorov 29.810.000 soʻm toʻlagan pulini toʻliq qaytarib oldi!