Yangiliklar

Namanganda oʻquv seminari tashkil etildi

Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan 27-iyul kuni oʻquv seminar tashkil etildi.

Boʻlib oʻtgan oʻquv seminarda viloyat tuman va shahar jamiyatlari raislari hamda mutaxassislari ishtirok etdi. Oʻquv seminarda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 414-sonli qarori asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli oʻrganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatilishini taʼminlash toʻgʻrisida gapirilib oʻtildi.

     

Oʻquv seminarda tuman va shahar jamiyatlari bilan birgalikda oʻzaro tajriba almashish, oʻzaro savol javoblar tariqasida fikr muloxazalar bildirib oʻtishdi. Oʻquv seminar davomida Yangiqoʻrgʻon tumaning 6 oy mobaynida qilingan ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar oʻqib eshittirildi.Jamiyatda yuritalayotgan nomenklatura xujjatlarini seminar ishtirokchilariga koʻrsatilib xamda Jamiyat tomonidan tashkil etilgan namunaviy Tayanch guruxlari xonalari bilan tanishtirib chiqildi. Oʻquv seminar koʻtarinki, ruhda boʻlib oʻtdi.