Yangiliklar

NOSOZ KIR YUVISH MASHINASI ALMASHTIRIB BERILDI

Navoiy shahar “Iso Norov” koʻchasi 4-xonadonda yashovchi Jamshid Xaitov roʻzgʻor ishlarida ayoliga yordamchi, ogʻirini yengil qilsin deb Navoiy shahridagi “MM “ELEKTRONIKS” savdo doʻkonidan 4 600 000 soʻmga sotib olgan “AVALON” rusumli kir yuvish mashinasi shu kuni foydalanish jarayonida nosoz holga kelganidan norozi boʻlib, savdo doʻkoni sotuvchisiga murojaat qilganda isteʼmolchining huquqlari buzulganligiga qaramasdan sotuvchi kir yuvish mashinasini boshqasiga almashtiririb berishdan bosh tortgan.

Shundan soʻng isteʼmolchi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga yozma murojaat qildi.

Murojaat Federatsiya mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha haqiqatdan ham isteʼmolchi sotib olgan kir yuvish mashinasi nosoz holda ekanligi, undan foydalanishning imkoni yoʻqligi kuzatildi.

Ushbu holat yuzasidan savdo doʻkoni rahbari bilan uchrashib, nosoz chiqqan kir yuvish mashinasi boshqasiga almashtirib berilishida amaliy yordam koʻrsatildi.