Yangiliklar

NUQSONLI KONDITSIONER TAʼMIRLAB BERILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toʻraqoʻrgʻon tuman jamiyatiga Turkiston MFY, Ogʻaliklar koʻchasi 19-uyda yashovchi fuqaro Kotibov Dilmurod murojaat qildi.

Arizada bayon etilishicha, Kotibov Toʻraqoʻrgʻon tuman Al-Fargʻoniy koʻchasida joylashgan yakka tartibda faoliyat yuritayotgan Karimov Abdurashidga qarashli boʻlgan doʻkondan 2019-yil iyul oyida qiymati 2 900 000 soʻm boʻlgan “Artel” konditsionerini sotib olgan.

Sotib olgan tovari, 3 yil muddatga kafolat berilgan boʻlishiga karamay, tez muddat ichida nuqsonli ekanligi maʼlum boʻlgadi. Isteʼmolchi savdo doʻkoniga qaytib borib, nuqsonli konditsionerni boshqasiga almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlarini talab qiladi. Ammo oradan shuncha vaqt oʻtsada, isteʼmolchining talabi tadbirkor tomonidan qondirilmaganligi tufayli D.Kotibov Federatsiyadan amaliy yordam soʻragan.

Federatsiya mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati tegishli tartibda oʻrganildi va nosoz holga kelgan konditsioner tadbirkor hisobidan taʼmirlatib berildi.