Yangiliklar

QALBAKI TILLA TAQINCHOQ UCHUN TOʻLANGAN 4 200 000 SOʻM QAYTARILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Gʻijduvon tuman Sardor MFY Alpomish koʻchasi 10-uyda yashovchi fuqaro Dilnoza Safarovadan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasi orqali qilingan murojaat kelib tushdi.

Baʼzan qimmatbaho taqinchoqlar hamisha ham haqiqiy boʻlib chiqmaydi. Sababi ayrim qushtirnoq ichidagi zargar yoki tadbirkorlar moʻmay pul topish maqsadida, isteʼmolchilarni chuv tushirish orqali soxta brilliant taqinchoqlarni sotishdan ham tab tortishmaydi. Gijduvon tumanida ana shunday holat qayd etilgan.

Safarova Gʻijduvon tuman Tilla taqinchoqlar bozori rastasidan 4 200 000 soʻmga brilliant koʻzli uzuk sotib oladi. Uni uyiga olib borganda ne koʻz bilan koʻrsakim, ushbu brilliant koʻzli taqinchoq soxta boʻlib chiqadi. Sotuvchiga murojaat qilganida, u taqinchoq soxta ekanligini tan olmaydi va pulni qaytarib bermasligini aytadi.

Vaziyat Federatsiya mutaxassislari tomonidan oʻrganilganda, isteʼmolchi chindan haq ekanligi uzuk soxtaligi aniqlanadi.

Isteʼmolchi Dilnoza Safarovaning 4 200 000 soʻm puli toʻliq qaytarib olib berildi va tadbirkorga nisbatan qonun doirasida tegishli dalolatnoma xujjatlari rasmiylashtirildi.