Yangiliklar

RASMIY BAYONOT

Poytaxt bozorlarida turli sigaretlar qatorida, “Davidoff” nomli taʼmaki vositasi ham sotilmoqda.

Umumiy standart talablariga koʻra, tamaki vositalari uchun saqlash muddati ikki yil qilib belgilangan. Ammo tekshiruvlar shuni koʻrsatdiki, “Davidoff” sigaretlari ishlab chiqarilganiga bir-ikki yil emas, 6 yil boʻlgani, yaʼni ushbu mahsulot 2013-yilda ishlab chiqarilgani aniqlandi.

Hech kimga sir emas tamaki vositalari inson sogʻligʻi uchun zararli hisoblanadi. Bu haqida sigaret qutilarida ham ogohlantiruvchi yozuvlar mavjud. Endi bir tasavvur qilib koʻring, yaroqlilik muddati oʻtganiga 4 yil boʻlgan sigaretlar hamyurtlarimiz sogʻligʻiga qanday taʼsir koʻrsatadi?

Labarotoriya tekshiruvi xulosalari ushbu sigrayetlar inson salomatligi uchun oddiy tamaki vositalaridan 10 barobar zararliroq ekanligini koʻrsatdi.

Hurmatli isteʼmolchilar chekish sogʻliq uchun zarar. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va “Oʻzstandart” agentligi ogohlantiradi.