Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2019-yilning 29-sentyabrida “Kun.uz” saytida “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot rahbari 8 oy ichida 5 marta ishdan boʻshatilib, 4 marta qayta tiklandi” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakatimizda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish yoʻli bilan isteʼmolchilarning huquqiy himoyalanish darajasini oshirishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish maqsadida, jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda tashkil etilgan, oʻzini oʻzi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.

Federatsiyaning tashkiliy-huquqiy shakli – jamoat birlashmasi.

“Kun.uz” sayti tomonidan maqolada eʼlon qilingan maʼlumotlarning aksar qismi quyidagi sabablariga koʻra haqiqatdan yiroq deb hisoblaymiz.

Birinchidan, Samarqand viloyat hududiy birlashmasi ijro etuvchi apparatining sobiq raisi I.Hasanova 5 marotaba ishdan ozod qilinmagan.

U tomonidan 2018-yilning 7-dekabr kuni Federatsiya Ustavining 5 ta talablarini buzgan holda noqonuniy ishdan boʻshatildim va bir kun davomida isbotlab berib ishga tiklandim deb aytilgan vajlari yolgʻon boʻlib, Federatsiya tomonidan I.Hasanovani ishdan ozod qilish boʻyicha (mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan) 2018-yilning 7-dekabr kuni hech qanday buyruq rasmiylashtirilmagan.
I.Hasanova vaziyatni sunniy ravishda tuhmat qilish orqali boʻrtirib koʻrsatishga harakat qilmoqda.

2018-yilning 4-dekabr kuni Federatsiya raisi nomiga Samarqand viloyat hududiy birlashma Kengashining ayrim aʼzolari tomonidan I.Hasanovaning hatti-harakatlari ustidan shikoyat arizasi (talabnoma) kelib tushgan. (Intervyuda I.Hasanova faqat ikki nafar tuman (Bulungʻur va Oqdaryo) jamiyati raisini nomini koʻrsatgan. Vaholanki shikoyat arizasi 7 nafar Kengash aʼzosi nomidan kiritilgan).

Mazkur talabnomada keltirilgan vajlarni oʻrganish boʻyicha, Federatsiyaning 17.12.2018-yildagi 170 sh/t–sonli buyrugʻi asosida, xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan hamda xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra, I.Hasanovaga intizomiy jazo chorasi (xayfsan) (Federatsiyaning 16.01.2019-yildagi 8 sh/t-sonli buyrugʻi bilan) qoʻllanilgan.

Ammo, I.Hasanova tomonidan mazkur vaziyatdan tegishli xulosa chiqarilmasdan, shikoyat qilgan hududiy birlashma Kengashi aʼzolariga qarshi yozishmalar tashkil etilib, Samarqand viloyat hududiy birlashmada nosogʻlom muhit yaratilishiga yoʻl qoʻyilgan.

I.Hasanova tomonidan Federatsiya Ustavi talablarini qoʻpor ravishda buzish holatlari davom ettirilgandan soʻng, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 31.01.2019-yildagi 16 sh/t-sonli buyrugʻiga asosan, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-modda, 2-qism, 4-bandiga asosan (xodimning oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi), 2019-yilning 31-yanvar kunidan bekor qilingan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudining 19.03.2019-yildagi 2-1003-1921/25786-sonli fuqarolik ishi boʻyicha hal qiluv qarori hamda Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman boʻlimining 10.04.2019-yildagi 7684/24-sonli ijro hujjatiga asosan, Federatsiyaning 10.04.2019-yildagi “Sud ijro hujjatining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 47 sh/t-sonli buyrugʻi bilan, Federatsiyaning
2019-yil 31-yanvardagi “Mehnat shartnomasini bekor qilish hamda lavozimga tayinlash toʻgʻrisida”gi 16 sh/t-sonli buyrugʻi bekor qilingan hamda Xasanova Inobat Toshqulovna Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyat hududiy birlashmasi ijro etuvchi apparati raisi lavozimiga 2019-yilning 11-aprel kunidan ishga tiklangan.

I.Hasanova oʻzining lavozim majburiyatlariga 2019-yilning 12-aprelidan kirishgan hamda mazkur sana bilan hududiy birlashmaning tegishli hujjatlariga imzo chekkan.

Ikkinchidan, Federatsiya Ustavining ushbu talablaridan kelib chiqib, Samarqand viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi Kengashining 2019-yil 18-apreldagi 4/19-sonli yigʻilishi bayoni (qarori)ga asosan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyat hududiy birlashmasi ijro etuvchi apparati raisi Xasanova Inobat Toshqulovna hududiy birlashma Kengashi raisligiga saylanmaganligi munosabati bilan (mehnat jamoasi I.Hasanova bilan ishlashni hoxlamaganligi sababli), Federatsiya Ustavining 3.5.6-bandiga talabiga koʻra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 106-moddasi (Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha bekor qilinishi) 6-bandiga asosan, Federatsiyaning 2019-yilning 25-aprel kunidan bekor qilingan.

I.Hasanovaning shikoyatiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019-yil 7-maydagi “Aniqlangan qonun va taʼsis hujjatlari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida”gi 1-9/08-793/8-sonli taqdimnomasi kiritilib, Samarkand viloyat hududiy birlashmasi Kengashining 2019-yil 4-fevraldagi hamda 18-apreldagi qarorlarining I.Xasanovaning ishlash huquqini cheklovchi qismlarini bekor qilish, ushbu masalani Federatsiya rahbar organi yigʻilishida muhokama qilish soʻralgan.

Federatsiya Kengashining 2019-yil 20-maydagi 4/19-sonli navbatdan tashqari yigʻilishi bayoni (qarori)ga asosan, Samarqand viloyat hududiy birlashma Kengashining 04.02.2019-yildagi 2/19-son hamda 18.04.2019-yildagi 4/19-son qarorlarining I.Hasanova hududiy birlashmaning ijro etuvchi apparat raisi va hududiy birlashma Kengashi raisi lavozimlarida ishlash huquqini cheklovchi qismlari bekor qilingan.

Ammo, I.Hasanova ishga tiklangandan soʻng, ishni toʻgʻri tashkil etish oʻrniga, unga qarshi boʻlgan, ustidan shikoyat arizalarini yozgan tuman rahbarlarini “dumini” tugishga bel bogʻlaydi.
Samarqand viloyat hududiy birlashmasi va uning tuman (shahar) jamiyatlarida nosogʻlom muhit avj olib, ishlash oʻrniga oʻzaro guruhbozlik asosida, bir-birini ustidan Federatsiya rahbariyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat arizalarini yozish bilan vaqt oʻtkazib kelingan.

Jumladan, Federatsiya Kengashining 2019-yil 20-maydagi 4/19-sonli yigʻilish bayoni (qaroir)ning 1.5-bandi bilan Samarqand viloyat hududiy birlashma Kengashiga Federatsiyaning 2019-yil 31-yanvardagi 16 sh/t-sonli buyrugʻi bekor qilinganligi munosabati bilan, hududiy birlashma Kengashining 04.02.2019-yildagi 2/19-sonli yigʻilish bayoni (qarori)ning 1,2,3,4 va 5-banlarini hamda 18.04.2019-yildagi 4/19-sonli yigʻilish bayoni (qarori)ning 2.1, 2.2, 2.3 va 2.5-bandlari (I.Xasanovaning ishlash huquqini cheklash qismlari) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish hamda mazkur band ijrosi yuzasidan belgilangan muddatda Federatsiya markaziy ijro etuvchi apparatiga maʼlumot kiritish topshirigʻi berilgan boʻlishiga qaramay, I.Hasanova tomonidan mazkur topshiriq ijrosi qasddan bajarilmaydi.

I.Hasanova hududiy birlashma Kengashini oʻtkazadigan boʻlsa, Kengash aʼzolari tomonidan uni belgilangan tartibda Kengash aʼzoligidan chiqarib yuborilishidan qoʻrqib, ushbu ehtimoliy xavf tufayli (aslida Kengashda I.Hasanvoaning hududiy birlashma Kengashi raisi vakolatlarini cheklovchi qismlari bekor qilinishi kerak edi) Kengash chaqirilishiga faol qarshilik koʻrsatib kelgan. Vaholanki, bu Adliya vazirligining taqdimnomasida ham koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, mazkur topshiriq ijrosi taʼminlanmagan.
Federatsiya markaziy ijro etuvchi apparatining 2019-yil 18-iyundagi JS/02-50-sonli xati orqali I.Xasanovadan nima sababdan Federatsiya Kengashining yuqorida qayd etilgan qarori bajarilmayotganiga izoh talab etilganida I.Xasanova tomonidan 19.06.2019-yildagi 15-T/124-sonli xati bilan Federatsiya Kengashining yuqoridagi qarori ijrosini qasddan bajarmasdan, yaʼni sunʼiy ravishda bir oyga kechiktirib hududiy birlashma Kengashining 2-chorak yakunlari bilan koʻrib chiqilishini maʼlum qilgan.

Bu boʻyicha Federatsiyaning Boshqaruv organi hisoblangan Kengash yigʻilish qarorini qasddan bajarmagani uchun I.Xasanovaga Federatsiyaning 20.06.2019-yildagi 81sh/t-sonli buyrugʻi bilan intizomiy jazo chorasi sifatida oʻrtacha oylik ish haqining 20 (yigirma) foizi miqdorida jarima jazosi qoʻllanilgan.

Uchinchidan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining 19.08.2019-yildagi 121 sh/t-sonli buyrugʻi bilan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Samarqand viloyat hududiy birlashma Kengashlarining 10.08.2019-yildagi navbatdan tashqari 6/19-sonli qoʻshma majlis bayonining 1.2-bandiga asosan, Federatsiya Ustavining 3.3.3-va 3.5.6-bandlari talablariga koʻra Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengash aʼzosi hamda Samarqand viloyat hududiy birlashma Kengashi raisi Xasanova Inobat Toshqulovnaning vakolati muddatidan ilgari toʻxtatilib, Federatsiya va hududiy birlashma Kengashi aʼzoligidan chiqarilganligi sababli, Samarqand viloyat hududiy birlashma raisi I.Xasanova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 106-moddasi (Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan hollar boʻyicha bekor qilinishi) 6-bandiga asosan 2019-yil 19-avgust kunidan bekor qilingan.

Mazkur holat ish beruvchining tashabbusi emas, balkim kolegiyal organi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Samarqand viloyat hududiy birlashma Kengashlarining navbatdan tashqari yigʻilish qaroriga asoslangan holda I.Hasanova Samarqand viloyat hududiy birlashma raisligidan vakolati muddatidan ilgari toʻxtatilib, hududiy birlashma Kengash aʼzoligidan chiqarilganligi sababli Federatsiya Ustavi talablariga muvofiq u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilingan.

Federatsiya rahbariyati I.Hasanovaning pensiya yoshida ekanligiga qaramay, tizimdagi uzoq yillik faoliyatini inobatga olib, Federatsiya tizimidan hududiy birlashma ijrochi direktorligi, Samarqand shahar jamiyati raisi lavozimlarini taklif qilgan.

Ammo, I.Hasanova tomonidan Federatsiya rahbariyatining yuqoridagi taklif etilgan lavozimlarda ishlash rad etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasining 2019-yil 30-avgustdagi 10.1/3437-19-sonli “Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining 19.08.2019-yilgi 121 sh/t-sonli buyrugʻini bekor qilish haqida”gi Protesti kiritilgan boʻlib, Federatsiyaning 13.09.2019-yildagi IT/01-528-sonli xati bilan Chilonzor tuman prokuraturasining yuqorida qayd qilingan Protesti koʻrib chiqilib rad etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi Davlat mehnat huquq inspektorining 10.09.2019-yildagi 23-sonli yozma koʻrsatmasi hamda 09.09.2019-yildagi 20-sonli qarorini gʻayriqonuniy deb topib, bekor qilish yuzasidan tegishli tartibda sudga shikoyat arizasi kiritilganligi maʼlum qilinadi.