Yangiliklar

“ROISON”NING SIFATSIZ MUZLATGICHI ALMASHTIRIB BERILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Xorazm viloyat Prokuraturasi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani Markaziy mahallasi “J.Neru” koʻchasi 4-uyda yashovchi fuqaro N.Saidov tomonidan Urganch shahrida joylashgan Asal Samish hususiy korxonasidan 2 400 000 soʻmga sotib olingan “Roison” sovutgichi sifatsiz chiqqanligi yuzasidan ariza kelib tushdi.

Ariza sabablarini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Urganch shahar mutasaddilari “Asal Samish” xususiy korxonasi xodimlari va bevosita isteʼmolchi ishtirokida oʻrganib chiqildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, Saidov toʻliq haqligi, sotib olingan “Roison” rusumli muzlatgichi belgilangan talablarga javob bermasligi maʼlum boʻldi va yangi, sifatlisiga almashtirib berildi.