Yangiliklar

Shargʻun shaharchasida moʻjaz “Istemolchi kutubxonasi” qad rostladi

“Vaqt borida shoh asarlarni oʻqib qoling, aks holda bunga ulgurmaysiz!” – Toro.

Yoshlik… Inson umrining eng goʻzal pallasi, uning har soniyasi gʻanimat. Vaqtni hovuchda tutib boʻlmaydi deyishadi. Shu bois ham umrning oltin damlarini oʻqib-oʻrganib, qunt bilan ilm olganlargina gʻalabaga erishadi. Oʻqish uchun esa imkoniyat va sharoit lozim. Bugun Oʻzbekiston yoshlariga bu borada juda koʻplab eshiklar ochilmoqda. Endigi yoʻl faqat oʻqishdir. Shunday boʻlsada, respublikamizning eng chekka hududlarida bu borada yetarlicha qulayliklar mavjud deya olmaymiz. Faoliyat yuritayotgan markaziy  bitta kutubxona, maktab kutubxonalaridan yoshlarimiz istagan asarlarini topa olishlari mushkul albatta. Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bugun yurtimizning aynan shunday kutubxonalarga ehtiyoji bor hududlarida yoshlar va tuman aholisi uchun “Isteʼmolchi kutubxonasi”ni qurib, foydalanishga topshirmoqda.

Shunday boʻlsada, respublikamizning eng chekka hududlarida bu borada yetarlicha qulayliklar mavjud deya olmaymiz. Faoliyat yuritayotgan markaziy  bitta kutubxona, maktab kutubxonalaridan yoshlarimiz istagan asarlarini topa olishlari mushkul albatta. Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bugun yurtimizning aynan shunday kutubxonalarga ehtiyoji bor hududlarida yoshlar va tuman aholisi uchun “Isteʼmolchi kutubxonasi” ni qurib, foydalanishga topshirmoqda. Bu loyihalardan koʻzlangan maqsad yagona-yoshlarni taʼlim tarbiyasi uchun yana bir qadam. Mamlakatimizning turli goʻshalarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, buning natijasida yillar davomida eʼtibordan chetda qolgan hududlar ham obod boʻlmoqda. Bunga misol tariqasida keltirsak bundan bir necha yillar ilgari Manas va Muynoqqa kelganlar bugun bu yerlarni koʻrsa tanib boʻlmas darajada oʻzgarishlarga guvoh boʻladi.

Aynan shunday yuksak oʻzgarishlarni Surxondaryo viloyatining Shargʻun shaharchasida ham koʻrish mumkin. Shargʻundagi bunyodkorliklarga yana bir koʻrk boʻlib shaharchada “Isteʼmolchi kutubxonasi” foydalanishga topshirildi. Qisqa fursatda shaharcha ahli, ayniqsa, Surxon oftobida mehnatda toblanayotgan, shu bilan birga bilim olishga ishtiyoq  kuchi yonib turgan koʻzlar yoshlarga bu kutubxona- xazinadek quvonch bahsh etdi. Bunday ezgu loyihalar Federatsiya tashabbusi ila yana bir qator tumanlarda amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida va Surxondaryoning Uzun tumanlarida “Istemolchi kutubxona”si qurish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.