Yangiliklar

SHAXSIY HISOB RAQAMGA TUSHMAGAN TOʻLOVLAR

Bagʻdod tumani Bordon qishlogʻida yashovchi fuqaro N.Mirzaboyevaning tuman jamiyatiga yozgan arizasida koʻrsatilishicha, ishxonasi buxgalteriyasi orqali oʻz arizasiga asosan ish haqidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni oʻtkazib borgan.

Lekin keyinchalik 2014-yildan 2018-yilgacha boʻlgan davrdagi jami 608000 (olti yuz sakkiz ming) soʻmlik toʻlovlari tuman elektr taʼminoti bazasida koʻrinmaganligidan xabar topgan.

Fuqaro murojaati tegishli tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilingan holda, murojaat egasining ishtirokida oʻrganib chiqildi.

Natijalar esa murojaatchining eʼtirozi oʻrinli ekanligini koʻrsatdi. Oʻrganishlar davomida oʻtkazilgan qayta hisob-kitoblar isteʼmolchining 2014-yil yanvar oyidan 2018-yil 31-dekabr kuniga qadar boʻlgan oraliqdagi davr ichida toʻlagan toʻlovlaridan 608 000 soʻm mablagʻi tuman ETK maʼlumotlar bazasida uning shaxsiy hisobiga yuritilmaganligini koʻrsatib, amalga oshirilgan toʻlovlarni toʻligʻicha uning shaxsiy hisob arqamiga raqamiga yuritilishiga erishildi.

–  Meni chigal muammoimni oʻrganib, oz fursatlarda ijobiy hal etib berganliklari uchun, avvalo, ushbu tizim rahbarlariga, qolaversa tuman jamiyat xodimlariga oʻzim va oila aʼzolarim nomidan kattadan-katta minnatdorchiligimni bildiraman. Federatsiya doimo xalqni ogʻirini yengil qilib, har birimizni isteʼmolchi sifatidagi huquq va manfaatlarimizni himoya qilib kelmoqda. Men Federatsiya aʼzosi ekanligimdan faxrlanaman!, – deydi N.Mirzaboyeva