Yangiliklar

SIFATSIZ MAHSULOTLARGA QARSHI MUTTASIL KURASH OLIB BORILADI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.Sattarov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Suhbat chogʻida ikki tashkilot oʻrtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanayotgani, yangi loyiha va dasturlarlar hayotga tadbiq etilayotgani alohida taʼkidlandi.

Hech kimga sir emas, “Oʻzstandart” agentligi va Federatsiya hamkorlikda jamoatchilik nazorati tartibida “Nazorat xaridi”ni amalga oshirib kelmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida hamkorlikda qiymati 148,8 milliard soʻmdan ortiq mahalliy va import qilinayotgan mahsulotlar tegishli meʼyorlarga javob bermagani aniqlandi.

Oʻzaro ishonch asosida tashkil etilgan uchrashuvda ikki tashkilot rahbarlari, hamkorlikning istiqboldagi koʻlami hamda isteʼmolchilarning savdo, maishiy, kommunal va boshqa xizmatlar koʻrsatish sohalarida buzilgan huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tiklash yoʻlida alohida ekspertizalar tashkil etish, xulosa va maʼlumotnomalar tayyorlash, hukumat va boshqa davlat boshqaruvi idoralariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish kabi masalar yuzasidan kelishib oldilar.

“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda Federatsiya tomonidan ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor ekanini taʼkidladi.