SOTIB OLINGAN YANGI AVTOMOBILNING NOSOZ QISMI BOSHQASIGA ALMASHTIRILDI

Nukus shahar Kizketken guzarida yashovchi fuqaro B.Nuranov 2018-yilning 26-yanvar kuni avtosalondan 75 million so`mga “Neksiya 3” avtomobilini xarid qilgan. Ammo uning ichki qismi (avtomobil korobka peredachi)da nuqson borligi uchun uni boshqasiga almashtirib berishni salon xodimlariga aytgan. Ammo uning bu murojaati javobsiz qoldirilgan. Bundan norozi fuqaro Nukus shahar prokuraturasiga ariza yozgan. Uning murojaati Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga jo`natilgan.

Ariza jamiyat xodimlari hamda fuqaro B.Nuranov bilan birgalikda o`rganib chiqildi. Natijada avtomobilning haqiqatdan ham nuqsoni borligi aniqlandi. Shahar jamiyati mas’ullari tomonidan avtosalon xodimlariga O`zbekiston Respubikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonuni asosida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada avtomobilning nuqsonli qismi yangisiga almashtirib berildi.