Yangiliklar

Soxta mahsulotlarga qarshi kurashish holatlari buzilganda, ularga nisbatan chora koʻrish masalalari kelishib olindi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi Qirgʻiziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maslahat kengashi XVI majlisida ishtirok etdi.

Majlisda MDHga aʼzo mamlakatlarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga masʼul idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, aʼzo davlatlar qonunchiligiga xilof ravishda savdo-sotiq bilan shugʻullanayotgan vebsaytlarga toʻsiq qoʻyish, kontrafakt va soxta mahsulotlarga qarshi kurash usullaridan biri sifatida mavjud talablar buzilayotgan hollar uchun savdo-sotiq aylanmasini jarimaga tortish, isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish ishini tashkil qilish, kengashning 2020-2021-yillarga moʻljallangan rejasini tasdiqlash singari masalalar koʻrib chiqildi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.