Yangiliklar

“Suv oqava” elektron tizimidagi yolgʻon maʼlumot qurboni

Bugun jamiyatimizda fuqarolar oʻz huquqlari, manfaatlarini yaxshi tushunayotgani insonlarda hayotga boʻlgan munosabatni oʻzgarganidan dalolat.

Yozyovon tumanida yashovchi Poʻlatov Qodirjon oʻz huquqini himoya qilishini soʻrab, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasini joʻnatgan. Unda bayon qilinishicha, Yozyovon tumani “Suv oqava” Davlat unitar korxonasi elektron tizimidan chikayotgan 769858 (Yetti yuz oltmish toʻqqiz ming sakkiz yuz ellik sakkiz) soʻm miqdoridagi qarzdorlikdan norozi boʻlgan.

Murojaatga asosan jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Isteʼmolchining qoʻlidagi mavjud toʻlov hujjatlari qayta hisob-kitob qilindi. Oʻrganish natijalari boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarga asoslanib, Yozyovon tumani “Suv oqava” Davlat Unitar Korxonasi elektron tizimidan chiqayotgan 769858 (Yetti yuz oltmish toʻqqiz ming sakkiz yuz ellik sakkiz) soʻm miqdoridagi qarzdorlik asossiz hisoblanganligi maʼlum boʻldi.