Yangiliklar

Tikmaydigan tikuv mashinasi muammosi

Ayol boshi bilan ro‘zg‘or yukini orqalab, bugun jamiyatga foydasi tegadigan tadbirkorlardan bo‘lish istagida tikuvchilik faoliyatini boshlashni maqsad qilgan Ziyoda Saidova Buxoro shahar hokimligi ko‘magida 4 ta tikuv mashinasini kredit evaziga 8.500.000 harid qilgan edi. Ammo tikuv mashinalarining ikkitasi nosoz bo‘lib chiqdi, ya’ni “tika olmadi”. Bu xaqida tikuv mashinalarini sotgan tadbirkor bilan uchrashib ma’lum qildi, ammo natija chiqmadi. Bir necha bor ta’mirlanishiga qaramasdan, tikuv mashinalarining ” kasali” tuzalmadi. Dastlab mahalla fuqarolar yig‘iniga, so‘ngra shahar hokimligiga murojaat qilib muammosi xal etilmagan qahramonimiz yordam so‘rab O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga murojaat qildi. Federatsiya tomonidan holat o‘rganilgach, muammo ijobiy hal etildi va nosoz tikuv mashinalari yangisiga almashtirib berildi. Zero, tadbirkor o‘ssa, iqtisodiyot rivojlanadi, tadbirkor boyisa xalq farovon bo‘ladi!

 

Amirxon  Axmadov