Yangiliklar

Tillaning misi chiqdi

Tilla buyumlar oldi-sotdisida aldanib qoladiganlar juda koʻp uchraydi.

Ayniqsa, ayollar bu borada koʻpincha yolgʻonlarga chuv tushishadi. Joriy yilning 20-iyun kuni jamiyatga oʻzining yozma arizasi bilan murojaat qilgan Navoiy shahri Nurafshon koʻchasida yashovchi Xayriniso Shodiyeva Navoiy shahridagi tillo taqinchoqlar savdo markazidan 1 500 000 soʻmga sotib olgan tilla zirak sifatsiz chiqqanidan noroziligini bildirgan.

Holat Federatsiya mutasaddilari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqildi va mutaxassis xulosasiga koʻra, tilla zirak sifatsiz ekanligi aniqlanib, isteʼmolchiga toʻlangan pul mablagʻi qaytarilishida amaliy yordam koʻrsatildi.