Yangiliklar

“UMID AVTOLIZING”GA ALDANGAN FUQARONING 56 MILLION SOʻM PULI QAYTARILDI

Surxondaryo viloyatida yashovchi Rashid Sheraliyev ijtimoiy tarmoqlarda “Umid avtolizing” MCHJ ga “Lada Vesta” avtomashinasi uchun 56 mln 300 ming soʻm toʻlov qilganini, biroq oradan oylar oʻtib ketganiga qaramay, mashinasi yetib kelmaganidan norozilik bildirib post qoldirgan.

Uning ushbu mulohazalarini Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov shaxsan oʻz nazoratiga oldi.

“Umid avtolizing”dan aziyat chekayotgan bir qancha yurtdoshlarimiz qatorida uning muammosi ham hal etilib, avtoulov uchun toʻlangan 56 million 300 ming soʻm puli toʻliq qaytarib berildi.

Shu oʻrinda yana bir bor lizing xizmatlariga murojaat qilishda ehtiyot boʻling deymiz!