Yangiliklar

VAʼDA – QURUQ, BAJARILSA ULUGʻ

Har bir yurtdoshimizni hayotdan rozi boʻlishi uchun qilinayotgan saʼy harakatlar jamiyatning ayrim tizimlaridagi nohaqliklar sabab sezilmaydi gohida.

Biz avtomobil olish uchun shartnoma tuzib, soʻngra uni kutishdan charchaganlar haqida koʻp eshitganmiz. Andijon viloyatida yashovchi M.Temirov Isteʼmolchilar huqularini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilar ekan, u Fargʻona shahridagi “Umid savdo fayz invest” masʼulyati cheklangan jamiyati bilan 2018-yilda shartnoma tuzib, DAMAS 3 DLX avtomashinasini buyurtma qilgan. Shartnomaga binoan MCHJ hisob raqamiga 31 250 000 soʻm boshlangʻich toʻlov amalga oshirilgan. Mashinani oladigan fursat kelib, oʻtib ketsa hamki, avtoulovdan darak boʻlmagan.

Federatsiya tomonidan tushuntirishlar olib borilgandan soʻng 40 kun ichida avtomashina uchun toʻlangan pul qaytarib berilishini zimmasiga olgan “Umid savdo fayz invest” MCHJ oʻz vaʼdasida turmadi. Lekin Federatsiya mutasaddilari ham bu ishni oxiriga yetkazmay qoʻyishmadi. Natijada, vaʼda berib bajarmaganlar avtomobil uchun toʻlangan boshlangʻich pul mablagʻini egasiga qaytarib berishga majbur boʻldi.