Yangiliklar

YANGI “ATLANT“ MUZLATGICHI QISQA FURSATDA ISHDAN CHIQDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy shahar jamiyatiga Tichlik qoʻrgʻoni Tinchlik koʻchasi 7-4 xonadonda yashovchi fuqaro Xursand Rasulova yozma murojaat qildi.

Arizaga 4 600 000 soʻmga xarid qilingan ”Atlant” muzlatgichi sabab boʻlgan.

Navoiy shahrida joylashgan savdo markazidan xarid qilingan muzlatgich kafolat muddati ichida yaroqsiz holga kelib qoladi va bundan norozi boʻlgan isteʼmolchi ushbu masalada amaliy yordam berishni soʻrab Federatsiyaga murojaat qiladi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navoiy shahar mutasaddilari vaziyatni oʻrganib chiqishdi va fuqaro Xursand Rasulovaning shikoyati asosli ekanligi aniqlandi. Federatsiya vakili va mutaxassis ishtirokidagi taʼmirlash ishlaridan keyin ham muzlatgich yaroqsiz holda ekanligi aniqlandi.

Savdo markazi rahbariyatiga fuqaroning isteʼmolchi sifatidagi huquqlari tushuntirildi va Rasulovaning xohishiga koʻra, muzlatgich uchun toʻlagan 4 600 000 soʻm pul mablagʻi qaytarib berildi.