Yangiliklar

Yirtilgan aviachipta mojаrosi…

Hayotingizda olis manzilga yoʻlga otlanib, safar chiptasini harid qilgansiz-u, ketishingizga oz fursatlar qolganda muammo yuz bersa…

Samarqandlik M. Seydamedovning boshidan oʻtganlari bilan tanishing. Unga Aviakassa xodimi qoʻngʻiroq qilib, Moskva shahriga ketish uchun sotib olgan aviachiptalarini zudlik bilan qaytarish kerakligini, chipta bilan bogʻliq muammo chiqqanligini taʼkidladi. Oʻgʻli bilan yetib borishsaki, qoʻshimcha toʻlov qilishi kerakligini, yoʻqsa Moskvaga uchib ketolmasligini taʼkidlashdi. Bunga eʼtiroz bildirgan fuqaroga achchiq ustida aviakassa xodimi chiptani yirtib tashlaydi. Bunday noqulay vaziyatda zudlikda chora koʻrmasa, oʻgʻli oʻqishiga vaqtida yetib borolmasligini anglagan M.Seydamedov Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Samarqand shahar jamiyatiga murojaat etdi.

Murojaatning qisqacha mazmuni shunday – fuqaro Samarqand shahridagi Marmar bozori hududida joylashgan aviakassadan 1 325 000 (1 mln. uch yuz yigirma besh ming) soʻmga Samarqand-Moskva yoʻnalishi boʻyicha uchuvchi samolyotga chipta harid qiladi. Uch kundan soʻng aviakassaga chaqirtirilib, yana salkam 2 000 000 (ikki mln) soʻm toʻlashi zarurligini aytadilar. Rozi boʻlmagach, chiptani koʻz oʻngida yirtib tashlashadi. Murojaat oʻrganilganda, kassa hodimining oʻz ishiga sovuqqonligi, ish paytida oʻrnini begona, mutaxassis boʻlmagan kishiga tashlab ketganligi, Samarqand-Moskva yoʻnalishi boʻyicha chipta narhi haqiqitan 3 200 000 (uch mln. Ikki yuz ming) soʻm ekanligi maʼlum boʻldi. Fuqaroning huquqi tiklab berildi. Aviakassa tomonidan xodimining xatosi tufayli yuz bergan xatolik bartaraf etilib, M.Seydamedovga mazkur yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlarsiz chipta taqdim etildi.

Gulchehra Berdiyorova