“ENG KЕKSA ISTE’MOLCHI”.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona shahar jamiyati xodimlari eng keksa iste’molchi – Fag‘ona shahar “Yorug‘lik” ko‘chasi 109-uyda yashovchi, 1914 yilda tug‘ilgan, 9 nafar farzandli, 23 nafar nevarali, 5 nafar chevarali Habibaxon aya Alioxunovaning xonadoniga borishdi. Mas’ullar Habibaxon ayaning ahvolidan xabar olib, Navro‘z bayrami bilan tabriklashdi. Ularning tashrifidan quvongan Xabibaxon buvi ushbu bayram bilan barchani shu jumladan rahbarlarni tabriklab, haqlariga duo qildi.