“FACEBOOK” ORQALI QILINGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Gurlan tuman Eshimjuryon qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Xolbayev “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi.

Murojaatida ta’kidlanishicha iste’molchi A.Xolboyev suyultirilgan gaz balloni olish bo‘yicha mas’ullarga bir necha marta murojaat qilgan, lekin har safar uning ishi xal bo‘lmay qolavergan.

Mazkur murojaat yuzasidan Gurlan tuman jamiyati xodimlari o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish jarayonida, fuqaro murojaatidagi holatlar haqiqatligi aniqlandi va iste’molchi xonadoni suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlandi.