FARG‘ONA MAHALLA TIZIMI XODIMLARI VA FAOLLARINING HUQUQIY BILIMLARINI OSHIRILDI

 

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va boshqa hamkor tashkilotlari tomonidan respublikamizning turli tashkilot, idora va muassasalarida o‘quv seminarlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman kengashi, fuqarolar yig‘inlari xodimlari va faollari uchun bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv seminari “Fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir davomida ishtirokchilari jamoatchilik nazorati va uning afzalliklari, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal va servis, savdo xizmatlarining sifati va xavfsizligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlardan voqif bo‘lishdi.