Yangiliklar

FEDERATSIYА XODIMLARI FAOLLIK KO‘RSATMOQDA

Yoz fasli bobodehqonlar uchun hosil pallasi bo‘libgina qolmay, balki sinov davri hamdir. Yil bo‘yi qilingan mehnatning ilk mahsullari aynan ushbu faslda yuzaga chiqadi. Bugungi kunda g‘allakorlarning asosiy e’tibori daladagi hosilni nobud qilmasdan, tez fursatlar ichida o‘rib-yig‘ib olishga qaratilgan. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan yurtimiz dalalarida ekilgan g‘allani belgilangan muddatda uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha “G‘alla 2019” shtab va otryadlarga biriktirilgan federatsiya tizimidagi xodimlar ham faollik ko‘rsatmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazmi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan, Navoiy, Farg‘ona viloyati xududiy birlashmalari xodimlari fidoiyilik bilan qatnashmoqda. Mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun federatsiya mutaxassislari tomonidan bobodehqonlarimiz va fermerlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Dasturxonimiz ko‘rki, rizq-ro‘zimiz butligi fermerlarimiz sochgan don tufayli, ularning yil bo‘yi qilgan mehnatlari ekanligini sezamiz, ularga yordam berish har birimizning fuqoralik burchimizdir.