Yangiliklar

FEDERATSIYA RAISI XORAZM VILOYAT HOKIMI BILAN UCHRASHDI

Xorazm viloyat hokimi F.Ermanov hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5430- sonli “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xorazm viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yo‘nalishda qilinishi zarur bo‘lgan rejalar hususida fikr almashildi.

Viloyat hokimi Federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’molchilik madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.