“FRESH STYLE”DAGI DAVRA SUHBATI MAHSULOT VA ULARNING SIFATIGA BAG‘ISHLANDI

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikdagi ish rejasiga asosan “FRESH STYLE” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchi-xodimlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Mahsulot sifati hamisha e’tiborda” mavzuida o‘tgan davra suhbatida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bosh mutaxassisi Umida Mansurova va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xodimlaridan Sardor Odinayev, Ziyodulla Hakimovlar o‘z ma’ruzalarida iste’molga taqdim etilayotgan mahsulotlar avvaloinson hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirmasligiga,  har bir ishlab chiqaruvchi mas’ulligi, iste’molchi xarid qilgan mahsuloti tegishli me’yoriy hujjatlarga to‘liq javob berishi kerakligiga e’tibor qaratildi. Xususan, mahsulot qadog‘idagi yozuvda avvalo oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari qaysi davlatga tegishliligi, ishlab chiqargan korxona nomi, tayyorlangan sana, saqlash shartlari, yaroqlilik muddati va undan foydalanish tartib-qoidalari qayd etilgan bo‘lishi, mabodo xarid qilingan mahsulotdan ko‘zlangan maqsadda samarali foydalanib bo‘lmaganda iste’molchi qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida tadbirda ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.