FRONT ORTIDA XIZMAT QILGANLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Qorao‘zak tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari birgalikda Ikkinchi jahon urushi vaqtida front ortida xizmat qilgan Sanimbiyke aya Otarovaning xonadoniga borib, uning holidan xabar olindi. Ayani g‘alabaning 73 yilligi bilan tabriklab, sovg‘alar topshirildi.