FUQAROLAR MUROJAATLARI — HAMISHA E’TIBORDA!

Farg‘ona shahrida joylashgan “Farg`ona Turon tekstil” MCHJda Federatsiya va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligida imzolangan chora-tadbirlar rejasi asosida “Fuqarolar murojaatlari hamisha e’tiborda” mavzusida davra suhbati tashkillandi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan korxona direktori B.Xudaybergenov korxonada ishchi-xizmatchilarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirib o‘tdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi va sohaga oid boshqa qonunlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga hududiy birlashma va Farg‘ona shahar jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan javoblar qaytarildi.

Tadbir natijalariga ko‘ra mazkur korxonada O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tayanch guruhini tashkil etishga kelishib olindi.