“FUQAROLAR MUROJAATLARI HAMISHA E`TIBORDA!”

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Sanator-kurortlar boshqarmasi bilan hamkorlikda aholi o`rtasida O`zbekiston Respublikasi

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunini keng targ`ib qilish, fuqarolarning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar rejasiga asosan Qibray tumanidagi “Umid gulshani” nomli sihatgohda o`quv seminari o`tkazildi.

“Fuqarolar murojaatlari hamisha e’tiborda” mavzuida tashkillashtirilgan mazkur tadbirda sihatgoh direktori Akmal Yo`ldoshev, O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bosh mutaxassisi Umida Mansurova va Qibray tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Ulug`bek Boybulovlar mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun va sohaga oid me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlashda federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, O`zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi qonunlaridagi iste’molchining haq-huquqlari va murojaat qilish tartib-qoidalari haqida ham tushuncha berib o`tildi.

Shuningdek, sihatgoh ishchi-xodimlari savdo-sotiq, kommunal, jamoat transporti va servis sohalari bo`yicha o`zlarini qiziqtirgan savollar, duch kelayotgan muammolari bo`yicha soha mutaxassislaridan batafsil javob oldilar.