Yangiliklar

GAROVGA QO’YILGAN BUYUM QAYTARIB BERILMAYDIMI?

Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Beshkent shahri Xushnud ko‘chasi, 135-uyda yashovchi fuqaro Sarvinoz Sadirova ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 28 fevral kuni Qarshi shahrida joylashgan “Alp texno servis” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘koni bilan “Roison” rusumli televizorni 7 130 000 so‘mga olti oy muddatga sotib olish haqida 00Ka-002318-sonli shartnoma tuzganligi, boshlang‘ich to‘lov sifatida 3 026 000 so‘m to‘laganligi, sotuvchi tomonidan esa o‘ziga tegishli bo‘lgan 10,44 gramm tilla buyumlar garov tariqasida hech qanday hujjat rasmiylashtirilmasdan olib qolinganligini ma’lum qilgan.

  1. Sadirovaning bildirilishicha, sotib olingan televizor bir kun ham ishlamagan. Sotuvchi esa televizorni almashtirish yoki shartnomani bekor qilib to‘langan to‘lov va garovga olingan tilla buyumlarni qaytarishni rad etib, iste’molchiga servis markaziga murojaat qilishi mumkinligini aytgan. Servis markazi televizordagi nosozlikni tuzatib bera olmagan.
  2. Sadirovaning murojaati tegishli tartibda o‘rganilib, nosoz televizor sotuvchiga qaytarildi, boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘langan 3 026 000 so‘m va garov sifatida olingan oltinlar esa iste’molchiga qaytarilib berildi.