GAZ PLITASI TA’MIRLAB BЕRILDI

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “Ishonch telefoni”ga Navoiy shahar Jasorat ko‘chasida yashovchi fuqaro Gulchehra Mamatova murojaat qildi va bu murojaat tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Fuqaro murojaatida 2017 yilning aprel oyida Navoiy shahar “Guliston” savdo do‘konidan 3 500 000 so‘mga bir yil kafolat muddati bilan “Gefest” gaz plitasini xarid qilgani ammo kafolat muddati ichida plitaning nosoz holga kelib qolganidan noroziligini bildirib, ushbu muammoni bartaraf etishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Murojat atroflicha o‘rganilib, do‘kon xodimlariga qonuniy tushuntirishlar olib borildi. Natijada iste’molchi G.Mamatovaga nosoz gaz plitasi sifatli ta’mirlab berildi.