GAZ UCHUN TO`LANGAN PUL, ISTE`MOLCHI HISOB RAQAMIGA TUSHMADI!

Sariosiyo tumanidagi “Bo`yrapo`sht” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Bozor Shukurov O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

Fuqaro murojaatida ta’kidlashicha, uning foydalanilgan tabiiy gaz uchun to`lagan 610 000 so`m mablag`i hisob raqamiga kelib tushmagan va shu sababli iste’molchiga qarzdorlik hisoblangan.

Murojaat hududiyligi bo`yicha Sariosiyo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o`rganib chiqildi. Ma’lum bo`lishicha texnik xatolik sababli fuqaro amalga oshirgan to`lov hisob raqamiga tushmagan. Tuman jamiyati xodimlarining aralashuvi bilan iste’molchining 610 000 so`m mablag`i o`z hisob raqamiga o`tkazib berildi.