Yangiliklar

HAR OYNING IKKINCHI O‘N KUNLIGI AHOLI BILAN MULOQOT KUNLARI ETIB BELGILANDI

Har oyning ikkinchi o‘n kunligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari, tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparati raislarining aholi bilan muloqot kunlari etib belgilandi.

Mazkur muloqot kunlari doirasida ular har oyda eng kamida 5 tadan xonadonga shaxsan kirib, xonadon a’zolari bilan bevosita suhbat qurib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘radi.

Joriy yilning fevral oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar hududiy birlashmalari, tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparati raislari tomonidan aholi (fuqarolar) bilan jami 1 087 marotaba muloqot tashkil qilindi.

Ulardan 295 tasi uy-joy kommunal, 186 tasi savdo, 48 ta sog‘liqni saqlash, 19 ta aloqa, 59 ta transport, 32 ta xizmat ko‘rsatish, 48 ta ta’lim va yana 400 tasi boshqa sohalarga tegishli kamchilik

va muammolar aniqlangan.

Mazkur muloqotlarning 298 tasi tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish va tegishli chora-tadbirlarni belgilash uchun yo‘naltirilgan.