Yangiliklar

HAYOTIMIZNI TELEVIZORSIZ TASAVVUR QILIB BOʻLMAYDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Navbahor tuman jamiyatiga Navbahor tuman “Arabxona” MFYda yashovchi fuqaro N.Norovning murojaati qabul qilib olindi.

Fuqaro oʻz arizasida “Fast Trade Team” MCHJdan qiymati 1 200 000 soʻm boʻlgan “Konika” rusumli televizor xarid qilganligi lekin undagi nuqson sababli foydalana olmayotganligini maʼlum qilgan. Shu sababli, ushbu telivezorni almashtirib berilishi yoki pulini undirib berishni soʻragan.

Jamiyat xodimlari murojaatni oʻrganib chiqib xususiy korxona raxbariyatiga “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi boʻyicha tushuncha berildi. Natijada, fuqaro murojaati ijobiy hal etildi va nuqsonli televizor xuddi shu qiymatdagi boshqa yangi telеvizorga almashtirib berildi.