HUDUDIY BIRLASHMA FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Qashqadaryo viloyat hokimligi majlislar zalida O`zbekiston iste’mochilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari Kengash yig`ilish bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ishtirok etdi. Yig`ilishda viloyat hududiy birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama etildi.

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Bugungi kunga qadar O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy birlashmasi raisi vazifasini bajarib kelayotgan Baxodir Mengliqulovning boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan, shu kungacha O`zbekiston avtomobil transport agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat ko`rsatgan Xudayqulov Uzoq Eshquvvatovich xududiy birlashma Kengashi raisi etib saylandi.

U.Xudayqulov 1964 yilda Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida tug`ilgan, ma’lumoti oliy. 1988 yilda Toshkent xalq xo`jaligi institutini, 2004 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

1993-2009 yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi va uning quyi tizimlarida rahbar lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.

2009-2017 yillarda Qashqadaryo viloyat Kitob tumani hokimi vazifasida ishlagan.