HUQUQIY ONGI YUKSAK ISTE’MOLCHI — QONUN HIMOYASIDA!

2018 yil 3 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Olmazor tumani Niyazova ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Abdullayevadan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda iste’molchi Olmazor tumani “Talabalar shaharchasi”da joylashgan kimyoviy tozalash korxonasiga qiymati 300 ming so‘mlik ko‘ylakni kimyoviy tozalash uchun topshirgan. Bir necha kundan so‘ng iste’molchi ko‘ylakni olgani borganida ko‘ylak yaroqsiz ahvolga kelib qolganini ko‘rgan. Iste’molchi korxona xodimiga ushbu muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha bir necha marotaba og‘zaki murojaat qilgan ammo tadbirkor rad javobini bergan.

Tuman jamiyati xodimlari murojaat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi va kimyoviy tozalash korxonasi tomonidan haqiqattan ham iste’molchiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi. Korxona mas’ullariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni asosida tushuntirish berildi. Korxona tomonidan iste’molchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘laligicha qoplandi.