ICHILMAGAN SUVGA, PUL SO`RASHDI!

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga Xazorasp tuman “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqaro M.Xolovadan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda ta’kidlanishicha iste’molchining xonadoniga ichimlik suvi kelmaydi, ammo unga tuman suv tarmog`i mas’ullari 506 714 so`m qarzdorlik hisoblagan.

Murojaatni Xazorasp tuman jamiyati xodimlari o`rganib chiqdi. O`tkazilgan o`rganish jarayonida, fuqaro M.Xolova xonadoniga ichimlik suvidan hisoblangan 506 714 so`m qarzdorlik asossiz ekanligi aniqlandi.