INSHOLAR KO‘RIK-TANLOVINING RЕSPUBLIKA BOSQICHI

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali aholining ayniqsa, yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borish, shuningdek 2018 yilda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Men yosh iste’molchiman” mavzusidagi insholar ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichiga start berildi. Viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan insholar tanlovning respublika bosqichini baholovchi komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Yaqin soatlar ichida g‘oliblar nomi aniq bo‘ladi.

BIZNI KUZATIB BORING!