INSHOLAR KO‘RIK-TANLOVINING XORAZM VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali aholining ayniqsa yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun xujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borish, shuningdek “2018 yilda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida “Men yosh iste’molchiman” mavzusida Respublika insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Ko‘rik-tanlovning Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi va unda birinchi o‘rinni Gurlan tumanidagi 7-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Gulimova Rixsiya, 2-o‘rinni Xonqa tumanidagi 33-maktabning 10-sinf o‘quvichisi Xudayberganova Shaxnoza va 3-o‘rinni Shovot tumanidagi 1-maktabning 9-sinf o‘quvichisi Bekmetov Bekzodlar egalladilar.

Hududiy birlashma tomonidan g‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.