INSON QADRI ULUG‘, XOTIRA MUQADDAS!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi mas’ullari hamda Farg‘ona shahar Mudofaa ishlari bo‘limi hamkorlikda Farg‘ona shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi Shaxramanov Georgiy Nersesovichning xonadoniga borishdi. Otaxonni bayram bilan qutlab, unga Federatsiya mablag‘lari hisobidan kommunal xizmatlari to‘lovini amalga oshirish uchun 250 000 so‘mlik sertifikat topshirildi.