Yangiliklar

INSON XOTIRASI – MUQADDAS, INSON QADRI – ULUG‘

Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug‘. Mustaqilllik yillarida bu kun tom ma’noda inson xotirasi va qadriga nisbatan adolatni tiklagan, asl haqiqatni o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy sanaga aylandi. Xotira va qadrlash – inson aql-zakovatining betakror ma’naviy ne’matlari, tiriklikning azaliy mezonidir. Homiylik, saxovat va himmat, mehr va muruvvat fazilatlari xotira va qadr tushunchalari bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi. Zero, qalbi saxovatga, mehr-muhabbatga, shafqat-shafoatga to‘la insonlargina o‘z tarixini, ajdodlarini doimo xotirlaydi va fidoyi yurtdoshlari, yorug‘ kelajak yo‘lida mehnat qilayotgan kishilarning qadriga yetadi. Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy g‘alabani ta’minlashda yurtdoshlarimizning ham jasorat va xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Tunni-tongga ulab urush maydonida mardlarcha jasorat ko’rsatishgan. Bunday jasorat egalarining mardligi hechqachon unutilmaydi.

Namangan viloyati Yangiqorg’on tumani Chortoq ko’chasi 1-uyda yashovchi urush qatnashuvchisi 1923-yil 9-may kuni  tavallud topgan Xudoyberganov Toshtonboy otani xonadoniga Yangiqorg’on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tashrif buyurib Toshtonboy otaning holidan xabar olib, qimmatbaho sovg’alar topshirdi. Toshtonboy otani qo’shaloq bayram bilan muborakbod etishdi.