Yangiliklar

“Isteʼmol krediti” olib berildi

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi Aziza Isoqova murojaat qilgan.

U oʻz murojaatida tumandagi tijorat bankidan 3 mln soʻmlik isteʼmol krediti olmoqchi boʻlib talab etilgan barcha hujjatlarni 2019-yil fevral oyida topshirgan boʻlsada, xanuzgacha ololmaganini maʼlum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan federatsiya mutasaddilari oʻrganish ishlarini olib borishdi. Buning natijasida Isoqova Azizaga isteʼmol kredeti olib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.