Yangiliklar

“ISTEʼMOLCHI QONUN HIMOYASIDA”

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy shahar jamiyatiga, 2019-yil 27-may kuni Navoiy shahar “Tinchlik” qoʻrgʻoni, “Tinchlik” koʻchasi 7-uy 4-xonadonda yashovchi fuqaro X.Rasulovaning yozma murojaati qabul qilingan.

Isteʼmolchi oʻz murojaatida, 2018-yil 28-noyabr kuni Navoiy shahar 17-dahadagi Hamkorbank filiali yonida joylashgan “Samsung”, “Artel” magazinidan 4 600 000 soʻmga xarid qilib olgan “Atlant” rusumli muzlatgich oradan 6 oy oʻtmasdan 2 marotaba nosoz holga kelganligi ammo servis xizmati tomonidan xizmat koʻrsatmasdan hozirgi vaqtgacha ovora qilib kelinayotganligini maʼlum qilib, xarid qilib olgan muzlatgichni boshqasiga almashtirib olish yoki pul mablagʻini qaytarib olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Ariza jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi. Natijada, isteʼmolchi xarid qilib olgan muzlatgich puli, yaʼni 4 600 000 soʻm mablag’ qaytarib berildi.